|
|
|
|
|
11.09.2005
Lola, Nasiba Abdullayeva va Ismoil Jalilovlar birgalikda aytgan "Qizginam" qo'shig'ining videoklipini tomosho qilib, yozilgan satrlar:
Jilama qiz, jilama,
Sen jilasang, bo'lama.
Sevganingga bermag'an,
Otang uyda qoldirama...
Jilama qiz, jilama,
Sen jilasang, bo'lama.
Darding otangga aytmag'an,
Enang to'yda bildirama...
10.09.2005
Bugun 3 soat vaqtni yer ostida o'tkazdim, salqingina ekan. Yer tubidan sizib kelayotgan suvning shirinligini aytmaysizmi...
Bundan 150 yil muqaddam qo'rg'oshin, cho'yan kabi narsalarni qazib olish uchun nemislar kavlagan shaxtaga tushgan edim.
07.09.2005
Yaramas yapon hakamining qo'pol xatosi va FIFA kuzatuvchisining reporti va yana ba'zi sabablarga ko'ra, O'zbekiston-Bahrayn o'yinidagi barcha statistik natijalar bekor qilindi.
Play-Off uchrashuvlari endi 8- va 12-oktyabr kunlari qaytadan o'ynaladigan bo'ldi...
05.09.2005
Ruslarning ORT telekanalidan Beslan shahridagi maktabda bo'lgan qonli kunni xotirlab
o'tkazilgan tadbir-koncertni ko'rsatishdi. Kavkaz xalqlarining folklor chiqishi ham bo'ldi... Har xil zo'ravonliklar qurbonlari haqida o'yga tolgan holda
koncert tomosho qildim...
03.09.2005
Futbol bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun toshkent shahridagi "Paxtakor" markaziy o'yingohida Bahrayn terma jamoasiga qarshi Play-Off o'yinlarining birinchi uchrashuvini
o'tkazdi. Milliy terma jamoamiz 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Javob uchrashuvi 7 sentyabr kuni Bahraynda bo'lib o'tadi.
Milliy terma jamoamizga Vatanimizdagi millionlab muxlislar qatori Omad tilab qolaman!
02.09.2005
Bugun men o'qiyotgan shaharda 3 kunlik "Eski shahar bayrami" boshlandi.
Shahar rahbariyati har yili avgust oyining o'rtasida an'anaga aylangan ushbu bayramni nishonlab keladi va bu yil 12-marotaba tashkil qilinyapti ekan.
Lekin bu yil shaharning asosiy ko'chasida ta'mirlash ishlari o'tkazilgani sababli, bayram tadbirlari ikki haftaga kechiktirilgandi.
31.08.2005
Bugun Yurtda bayram - Mustaqillik bayrami...
O'zbek Xalqi ham boshqalar kabi farovon yashashga haqli!
Men bu ulug' Xalqqa ezgu niyatli qobil Farzandlar, Yigitlariga Ziyo va Jasurlik, Qizlariga Go'zallik va Oqilalik tilayman! Bu Xalqning toza havosi, tiniq suvi, unumdor tuprog'i
kam bo'lmasin!
Bu xalqning kelajagiga farovonlik tilayman!
Mustaqillik bayrami muborak!
29.08.2005
Bugun Afg'oniston O'zbeklarining san'atidan bir bahra olay deb, ushbu sahifaga duch keldim. Sahifaning o'ng tarafidagi
qatorda 1 dan 17 gacha raqamlangan qo'shiqlar bor, shularni bir tinglab ko'ring, balkim sizga ham yoqar.
27.08.2005
Bugun Samarqand shahrida har yili o'tkaziladigan "Sharq taronalari" musiqiy festivali boshlandi. Turkiyaning TRT-Int telekanali ushbu festivalni olib ko'rsatmoqda.
Butun dunyodan mehmonlar tashrif buyuradigan ushbu Festivalda jaranglayotgan O'zbek milliy qo'shiqlarini tinglar ekanman, milliy va klassik musiqamiz naqadar go'zal ekanligidan faxrlanib ketdim.
Afsuski, bugungi kunda zamonaviy O'zbek musiqasi o'zi sezmagan holda inqirozga uchrayapti: sayoz ma'noli, kuylari chet el qo'shiqchilaridan ko'chirib olingan qo'shiqlar ko'payib ketmoqda...
23.08.2005
Kecha kechqurun Nemislarning MDR telekanalida Hur qizlar (A zori zdes tixie) degan filmni tomosho qildim.
Film 1972 yil "M. Gorkiy" nomidagi kinostudiyada suratga olingan va butun socialistik jamiyatda mashhur bo'lgan.
Bu filmni ilk bor 6-sinfdaligimda tomosho qilgandim, kecha programmaga qarasam, nemis tilida berishadigan ekan. Erinmasdan, 3 soat o'tirib tomosho qilibman
28.01.2005
Musiqa eshitishni yoqtiraman. Bugun musiqa eshita turib, qiziq bir narsaga duch keldim. Yulduz Usmonovaning "Nastarin" qo'shig'ini eshitgan bo'lsangiz kerak.
Bolgar do'stim bergan bolgarcha musiqalarni eshitayotganimda, Yulduzning o'sha qo'shig'ining kuyi eshitildi... Bolgarlar ham o'zbeklar yaratgan musiqadan
kopiya qilishibdi ekan :-))
|
|
|
|
|
Linklar
|
| Copyright © 2005, Tuychi Ruziboev. All Rights Reserved. |
|
Kontakt
|
|