Bosh sahifa | Adabiy olam | O'zbekona | Audio | Video | Fotoalbom | Tashrifnoma
Orqaga qaytish
Adabiyot
Linklar
My Photoblog
Yangiliklar
Yondaftarcha
Online-Radio
O'zbek kinosi


O'zbek kinosi

O'zbek milliy kinosi 1920 yillarda tashkil topgan. Bizga ma'lum ovozsiz filmlardan biri 1932 yil ishlangan "Ramazon" filmidir. 1937 yilda suratga olingan "Qasam" filmi esa birinchi o'zbek ovozli filmi hisoblanadi. O'zbekiston kinosi ajoyib an'analarga ega - "O'zbekfilm" dublyaj qilish bo'yicha sobiq SSSRda "Mosfilm"dan so'ng 2-o'rinda turgan. O'zbek milliy filmlari bilan bir qatorda o'zbekchaga dublyaj qilingan rus va boshqa chet el filmlarini o'zbek kinomuhlislari hali ham sevib tomosho qilishadi.
1968-1989 yillarda Toshkent shahrida har yili xalqaro kinofestival o'tkazib kelingan. Ushbu yillarda o'zbek kinoijodkorlari chet ellik hamkorlari bilan bir necha filmlar yaratishgan, jumladan: "Sevgi afsonasi" filmi Hindistonlik kinoijodkorlar bilan hamkorlikda tayyorlangan.
1990 yillardan boshlab O'zbek kinochiligida yangicha ko'rinish yuzaga kela boshladi. Kino yaratish sekin-asta davlatdan mustaqil jabhaga aylana boshladi. Davlat homiylik rolini o'z zimmasiga ola boshladi. 1996 yildan beri davlat bir yilda 6 ta badiiy filmga homiylik qilishni o'z zimmasiga olgan.

Rejisser: Kinofilmlar:
Komil Yormatov: "Alisher Navoiy" (1947), "Avicenna" (1957), "Osiyo ustida bo'ron" (1965), "Qora konsul o'limi" (1970), "Ikki qalb navosi" (1968)
Nabi G'aniyev: "Tohir va Zuhra" (1945), "Nasriddin Buxoroda" (1943), "Xo'ja Nasriddinning sarguzashtlari" (1946)
Shuhrat Abbosov: "Mahallada duv-duv gap" (1960), "Sen yetim emassan" (1962), "Toshkent - non shahri" (1967)
Melis Abzalov: "Armonli kunlar"
Ali Hamroyev: "Yor-yor" (1964), "Oq-oppoq turnalar"
Latif Fayziyev: "Boy va kambag'al" (1953), "Ulug'bek yulduzi", "Qutlug' qon", "Alibobo va 40 qaroqchi" (1979), "Sevgi afsonasi"
Yo'ldosh A'zamov: "O'tgan kunlar" (1967), "Maftuningman" (1958)
Elyor Eshmuhamedov: "Sevishganlar" (1969)
Yusuf Roziqov: "Dilxiroj", "Voiz", "Ayollar saltanati", "O'rtoq Boykenjayev"
Zulfiqor Musoqov: "Osmondagi bolalar"




Linklar | Copyright © 2005, Tuychi Ruziboev. All Rights Reserved. | Kontakt