Bosh sahifa
Orqaga qaytish

Ayol va Muhabbat haqida



Tabiat ayolga shunday deydi: uddasidan chiqsang go'zal bo'l, hohlasang oqila bo'l, ammo idrokli bo'lmog'ing shart.
P.Bomarshe

Erkaklarning ishonchidan ko'ra ayollarning gumoni to'g'ri chiqadi.
R.Kipling

Madaniyatning qay darajadaligi ayolga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi.
M.Gorkiy

Sevgi – jozibaga to'lgan bir umr,
U baxtu alamda birdayin masrur.
U hijronda jo'mard, ayriliqda mard,
Yillar o'tganda ham pokiza, begard.
J. Bayron

Hayajon to'lqini, hasrat, tabassum
Shirin xayollaru, jon olar ma'sum,
Nozik ibolaru sengadir isyon -
Muhabbat sohibi baxtiyor inson.
I. Goethe

Sevgi – ummon uzra porlagan mayoq,
Zulmatu tumanda aslo o'chmaydi.
Sevgi – yorqin yulduz, unga qaraboq -
Dengizchi bexato yo'lin o'lchaydi.
W. Shekspir

Nafis, jo'shqin muhabbat – hayotimiz, yoshligimizning gulidir.
A. Belinskiy

Sevgi – bu yashamoqlik istagidir.
M. Gorkiy

Chin muhabbat meyor va chegarani bilmaydi.
Properckiy

Chin sevgi har qanday odamni pokizalashtirib, onadan boshqa tug'ilganday ko'kka ko'taradi.
Chernishevskiy

Muhabbat shu qadar qudratliki, u bizning o'zimizni ham qaytadan yaratadi.
F. M. Dostoyevskiy

Sevgi ko'pncha eng aqlli odamlarni ham aqldan ozdiradi, aqlsizlarga aql beradi.
D. Didro

Jondan sevmagan odam uchun hayotning yarmi va buning ustiga eng go'zal qismi mavhumligicha qolaveradi.
Stendal'

Sevgi – ajib bir gul, ammo tubsiz jar yoqasida o'sgan bu gulga yaqin bormoq va uzmoq uchun jasorat kerak.
Stendal'

Haqiqiy sevgi jonga tegmaydi. U ma'naviy mustahkam bo'lgani uchun ham o'chmaydi.
V. Gyugo

Yigitda sevgining birinchi belgisi tortinchoqlik, qizda esa dadillikdir. Ikkala tomon ham yaqinlashish tendenciyasiga moyildir va ular o'zaro bir-birlarining xislatlarini qabul qilib oladilar.
V. Gyugo

Muhabbat – bamisli olov, qalovsiz qoldimi, o'chadi.
M. Lermontov

Agar sen sevsangu sevdirolmasang, ya'ni sevging sevgi sifatida javobiy sevgini tug'dirmasa, agar sen sevuvchi kishi sifatidagi hayotiy namoyonliging orqali o'zingni seviluvchi odamga aylantirolmasang, unda sevging zaifdir va u baxtsizlikdir.
K. Marx

Mening qiyofamda sen sevgan odam, so'zsiz, mendan yaxshi; men unchalik emasman. Lekin sen meni sev, shunda men o'zimdan ko'ra yaxshiroq bo'lishga intilaman.
M. M. Prishvin

Vafodorlik – muhabbatning doimiy orzusidir.
L. Wowerang

Qiz bolani hurmat qil, uning nomusi va sharafini, insoniy g'ururini avayla. Senga yoqqan qiz – sening bo'lajak rafiqang, bolalaringning onasi. U – barhayotligingning garovi, u seni bolalaring qiyofasida yana qayta dunyoga keltiradi.
V. A. Suxomlinskiy

Sevimli ayolning hattoki qahri ham biz baxtli damlarimizda boshqa ayollardan topishimiz mahol bo'lgan cheksiz joziba bilan to'lib-toshgandir.
Stendal'

Ayolning vazifasi – erkakning qalb shuurini, undagi oliyjanob ehtiroslarni alangalatish, burch tuyg'usi va yuksaklik hamda buyuklikka bo'lgan intilishini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir – ayolning qismati shu va bu qismat buyuk va muqaddasdir.
V. G. Belinskiy

Erkakka o'xshamoqchi bo'lgan ayol xuddi ayolsifat erkak singari tasqaradir.
L. N. Tolstoy

Ma'naviy munosabatlarda to'la samimiyat qaror topgan sharoitdagina ayol kishi bilan baxtli bo'lish mumkin.
M. Gorkiy

Sevish – o'z sevganing hayoti bilan yashash demakdir.
L. Tolstoy

Insonni sevish degani nima o'zi? Bu, insonga nima yaxshi bo'lsa, shundan quvonish, uning farog'ati uchun nimaiki zarur bo'lsa, hammasini bajo qilish, o'zining bu himmatidan lazzat topish, rohatlanish demakdir.
N. G. Chernishevskiy

Aql barkamollashib, yosh ulg'aygandagi do'stlikkina mustahkam bo'ladi.
Ciceron

Hamma gapni aytishim mumkin bo'lgan kishim – mening do'stim.
V. G. Belinskiy

Faqat chin do'st do'stining zaif tomonlariga chidaydi.
W. Shekspir

Doim birga yashaydigan odaming bilan ahil yashamoqni istasang, o'zingni u bilan atigi uch oyda bir marta ko'Δrishayotgandek tut.
J. Renar

Sevish – bir-birovingga qarash emas,balki birgalashib bir tomonga qarash demakdir.
A. Sant-Eksuperi

Muhabbat! Bu barcha ehtiroslarning cho'qqisi va eng g'olibidir. Ammo uning adadsiz zabtkorlik kuchi cheksiz-chegarasiz oliyjanoblik va deyarli tasavvurga sig'maydigan darajadagi beg'arazlikdan iboratdir.
H. Heine

O'z sevgilisining kamchiliklarini ham ardoqlamagan odam o'zini chinakam oshiq deyolmaydi.
P. Kalderon

Muhabbat o'limdek kuchliligini bilamiz, ammo u shishadek mo'rt hamdir.
G. Mopassan

Olamda sevgilingning siymosidan go'zalroq chehra, uning ovozidan ham yoqimliroq musiqa yo'q.
J. Labruder

Sevgi – eng nozik va pinhoniy tuyg'udir. Sevgi sirlarini ehtiyot qiling.
V. A. Suxomlinskiy