Mas'ud Mahsudov ijodidan
Kimnidir o'ylayman...
Go'zalim, sog'indim seni
Qani endi to'lin oy bo'lsam
Daftarim chetida...
Jimjitlik...
****** ga
Kaminaga atalgan gullar...
Tilak
Ayriliq yodi...
O'zbek Oyimga...
Qalbim faryodi
Qafasdagi qush nolasi
Izhor... (lavha)

Kimnidir uylayman. Hayollar tubsiz
Jarliklar ummonin silsilasida,
Tinmay charh uradi izlab toglardan,
Topolmay noumid berar aks sado.
Kimgadir yurakdan yozilib, quvnab,
Suhbat qurmoqlikni nasib etsaydi.
So'ng mayli, ruhimni ayirib tandan,
Mangu olamgada olib ketsaydi.
Kimdandir umidvor bu qalbga nahot,
Topilmas zarracha yupanch kalomi?
Utinch bo'lolmasmi toabad menga
Beg'ubor kungillar alik-salomi?
Kimningdir yuragi balki meningdek,
Bir og'iz shirin so'z, suhbatga zordir.
Bir zum bir nuqtadan ku'z olmay, jimjit,
Meni ham U'ylagan insonlar bordir.
Men uni kutganman,hamon kutaman,
Qancha umrim bo'lsa shuncha chidagum.
Hayotim so'qmog'in dadil u'taman,
Rozini aytguncha murg'ak yuragim.
Toshkent, 2003
Yuqoriga qaytish

Yuragim tubidan hayqirar nido,
Tug'yonlar qalbimga berolmay bardosh.
Baqirib so'zlasam chiqmaydi sado,
Gu'zalim, sog'indim, seni juda ham.
Ne qilay? Dilimga qilolmay amr.
Umrbod ayriliq biz uchun, nahot...
Borlig'im, vujudim ruhimsan ahir,
Sog'inchni yashirib bu'larmi, hayhot.
Sog'inib yashayman, seni har nafas.
Sog'inib, ohiri ketgum dunyodan.
Sevgimiz hotirin saqlab muqaddas,
Visoling topgummi arshi-a'lodan.
Sening noming bilan tirikman faqat,
Sog'inchim, asalim, she'rim , g'azalim.
Sen men chun tiriksan, abad-ul abad,
Qalbimning egasi-erka guzalim.
2002
Yuqoriga qaytish

Qani endi tulin oy bolsam,
Nurlarimni senga sochardim.
Sochlaringga yulduzlar taqib,
Muhabbatga keng yo'l ochardim.
Qani endi, shabboda bolsam,
Sochlaringni u'ynardim suyib.
Qani endi zilol suv bolsam,
Jamolingga qarardim tu'yib.
Qani endi ko'z yoshing bolsam,
Kiprigingga qu'nardim asta.
Yuzlaringdan sekin u'rmalab,
Aylar edim dilingni hasta.
Qani endi kamaring bo'lsam,
Bellaringdan mahkam quchardim.
Ertakdagi humo qush misol,
Sening bilan ko'kka uchardim.
Qani endi dugonang bo'lsam,
Yuzlaringdan u'pib olardim.
"Shu yigitga qaray qol"- deya,
Aldab seni yo'lga solardim.
Bu'lsam edim sening yulduzing,
Charaqlardim senga kunlari.
Kitob bo'lib qolsam sen sevgan,
Uhlatmasdim seni tunlari.
Qani endi bo'lsam quyoshing,
Porlar edim umrbod sen chun.
Gu'zal, senga shudir tilagim:
Yashnab yurgin har qachon gulgun.
1999
Yuqoriga qaytish

Daftarim chetida g'alat hoshiya;
Eslay ololmayman nega qu'yganim.
Bir quvnoq kunimdan balki hotira?
Balki belgisidir ilk bor sevganim?
Balki du'stlarimning achchiq hazilin,
Hazm qila olmay qu'ygaman uni?
Balki hayotimning silsilasini,
Uzgartirmoq bulgan maqsadim kuni?
Ilk bor qarshilikdan umidsizlanib,
Hayotdan tu'yganim nishonidir u?
Yo kelgan omadimdanmi, ruhlanib,
Ifodalab qu'ygan bir ajib tuyg'u?
Daftarim chetida bu g'alat chiziq.
Ne bo'lsa ham uni eslab yuraman.
Shirin orzularim ru'yosin tuzib,
Faqat bahtdan deya umid qilaman
2002
Yuqoriga qaytish

Jimjitlik. Tun oydin. Havo musaffo,
Kechagi qor sabab Darahtlar oppoq.
Gu'zallik oshino murg'ak qalbimga,
Uyqusiz tun berar u'zgacha maroq.
Jimjitlik - tun birla uyg'un tasavvur,
Shu sabab asablar biroz olar tin,
Kun bu'yi insonni qiynagan tashvish,
Ne ajab, tun sabab rostlar nafasin.
Jimjitlik. Qalb hamon tinim bilmas lek,
Nimadir tirnaydi, bermaydi tinchlik,
Talpinib tanamga sig'maydi sira,
Yuragim,voajab, tura olmas tek.
Jimjitlik. Atrofdan eshitilmas sas,
Ovozsiz yig'laydi son mingta yurak.
Horg'in hislar ila olsa-da nafas,
Jimjit emas ekan dillar jonsarak.
Jimjitlik u'tadi.U'tkinchi bu tun,
Umidlar ru'yosi ertangi kundan.
Faqat bir tilagim: ertangi kunim,
Jimjit bu'lmasligin su'rayman sendan.
Jimjitlik. Tun oydin. Havo musaffo,
Kechagi qor sabab Darahtlar oppoq...
2001
Yuqoriga qaytish

Men Seni bahtiyor ku'rmoq istayman,
Quvonchdan kulishing, yayrashing chindan.
Kunglimda barini bermoq istayman,
Ezgu niyatlarim aytib kungildan.
Musaffo osmonning moviy rangini,
Va tunning malagi oyning, yangini,
Tog'lar shalolasin shu'h jarangini,
Senda mujassamligin tuymoq istayman.
Ku'ngil ku'chalarim, yu'lim shahrimni,
Bag'ishlab dilimda bori sehrimni,
Bir aka bergancha berib mehrimni,
Uzimning singlimdek suymoq istayman.
Hayotning mushkulin engib hamnafas,
Noumid u'ylarga qo'yib men qafas,
Baxtli insonlarga qilib chin havas,
Sen birla bir yoldan yurmoq istayman.
Doimo mast bo'lib baht sururidan,
Ajratib joy Senga yurak tu'ridan,
Quyoshning eng aziz, yorqin nuridan,
Qalbingda jannatni qurmoq istayman.
Men Seni bahtiyor ku'rmoq istayman...
Fevral 2004, Frankfurt
Yuqoriga qaytish

Dilni g'amga bermangiz, jonim,
Dilni dilga bog'lab qu'yayin.
Mehr tu'la nigohingizni,
Yuragimga joylab qu'yayin
Muhabbatga tashna vujudni,
O, qanchalar talpinib suyay.
Menga bering dardlaringizni,
Yuragimga yashirib qu'yay.
Men yasharman hayolingizda,
Muhabbatga elitar yo'llar.
Qalbingizda ochilar bir kun,
Kaminaga atalgan gullar...
Yuqoriga qaytish

Dunyo tashvishlarin zumga unutib,
Tikilmoq istayman oppoq saharga,
Va shu on vujudda urgan tug'yonni,
Hattoki alishmam dunyo javharga.
Tinglamoq qo'msayman sokin tun sasin,
Oydinda orzular tilamoq dildan.
Chin qalbdan tuyaman bahor nafasin,
Shundan, hayotimni sevgum kungildan.
Mart 2001
Yuqoriga qaytish

Sokin tun.Yulduzlar tu'la osmonda,
Darahtlar barglari qiladi honish.
U tunning hotiri hamon yodimda,
Hattoki shabboda sasi ham tanish.
U kecha aytganding menga dardlaring,
Su'zlarding tuganmas quvonch, bahtingni.
Men esa tim qora ku'zingga boqib,
Ollohdan su'rardim nurli tahtingni.
Ne ajab, shu damda ju'sh urgan tug'yon,
Seni deb titradi ushanda yurak.
Biz qaydan bilibmiz taqdir u'yinin,
Ayriliq atagan bizga bu falak...
Men yana qaytaman u'sha joy tomon,
Yulduzlar porlaydi, ham ku'kda hilol,
Shabboda esadi beg'ubor, mayin,
Faqat sensiz yolg'iz sururman hayol...
Sokin tun.Yulduzlar tu'la osmonda,
Darahtlar barglari qiladi honish...
Mart 2002, Andijan
Yuqoriga qaytish

"Kiyarmidi O'zbek oyim egniga qora?
Gar farzandlar bir-birlarin zaharlamasalar"(TohirMalik)
Nechun homush tortasan bugun?
Kiprigingda ikki tomchi yosh?
Hayoling ham parishon, zabun,
Bunda nega balqmagay quyosh?
Egningga sen kiyibsan qora,
Kimga yana motam tutasan?
Farzandingni o'ylab sen zor-a,
Qachongacha uni kutasan?
Otabeging qaydadir yonib,
Haqiqatni izlab yuribdi,
Toshkentga lek o'tmagay qo'nib,
Chunki Kumush qabri turibdi.
Garchi Senga botsa-da og'ir,
Aytish mening burchi halolim,
O'glingni sen ko'rmaysan yillar,
Ko'ringuncha ko'kda hilolim.
"Zaynabbegim" har kun qoshingda,
Telbaligin qiladi ko'z-ko'z.
Shartmi ahir Sening yoshingda,
Dushmaningga gapirmoq bir so'z.
Qora kiyib, azador bo'lib,
Dog'larmiding shu ulug' dilni?!
Farzandlaring bir- birlariga,
Bermaganda zahri qotilni…?!!!
6/08/2003, Farg'ona
Yuqoriga qaytish

Yoshligimdan shu menga odat,
Kuzataman quyosh chiqishin.
Har kun tongda tog'lar ortidan,
Oftobimning bosh ko'tarishin.
U qalbimga solib ziyo-shuur,
Yuksaklarga meni yetaklar.
Yuraklarga bag'ishlab surur,
Ochajakdir dilda chechaklar.
Nimagadir ko'p kundan beri,
Ko'kda shamsim charaqlamaydi,
Yuzin to'sgan qora bulutlar,
Ortidan u yaraqlamaydi.
Tog'lar ustin qoplagan bulut,
Ko'lankasi hamon ketmaydi.
Dilim g'ashlab, ko'zlarim yoshlab,
Visoliga hech yo'latmaydi.
Nursiz qoldi qalbim ko'chasi,
Qiyo boqmas unga odamlar.
Kunduzlar ham misli kechasi,
Bosolmayman shahdam qadamlar.
Ey, qalbimning mudroq ovchisi,
Bulutlarni haydagin ko'kdan!
Bir umrlik she'rim kuychisi-
Quyoshimni qutqargin undan!
Orziqadi uni ko'rmoqqa,
Simobdayin tipirlar ko'ngil.
Qachon uni yana ko'raman ???
Tongda turib, to'lqinlanar dil???
6.08.2003, Fergana
Yuqoriga qaytish

Oltin qafas menga kerakmas,
Tutqin nafas mehrim to'latmas,
Gulgun havas dardim qulatmas,
Qayerdasan, musaffo osmon?
Nega kerak anvoyi gullar?
O'rtar yurak, orziqib dillar,
Moviy falak istar ko'ngillar,
Yulduzlarim qani nurafshon?
Sayrash qalbga bermagay o'tinch,
Yashash -- faqat nolayu o'kinch,
Kurash nahot o'tmas sira tinch,
Ozodligim ko'raman qachon?
Qornim qo'ygin, mayli, och-nahor,
Kelmasin men tufayli bahor,
Changalzorda bo'layin hor-zor,
Faqat erkim bo'lsin begumon.
Ardoqlama, mayli et nafrat,
Qilma hech ham jonimga shafqat,
O'limga ham tayyorman. Faqat-
Erk umidin so'ndirmasang bas…
7/08/2003, Fergana
Yuqoriga qaytish

... Siz yuragim eshiklarini taqillatmasdan kirib keldingiz, chunki bilardingiz-da, taqillatganlarga ochilmasligini;
... Siz qalbim parchalarini mashaqqat ila yig'ib butladingiz, chuki, butun qalbni mahv etishdan-da og'irroq mushkulot yu'q bu olamda;
... Siz ku'nglim torlarini men yoqtirgan ohang ila chertdingiz, toki bu navolar yuragim tubiga etib borguncha;
... Siz dilim osmonini u'zingizing charog'on nurlaringiz bilan munavvar etdingiz, chunki sezgandingizda, ishqning faqatgina charogon ku'kda
erkin bu'lishin;
... Siz mehrim chashmasining zilol suvidan totib ku'rdingiz va qalbim tu'rining abadiy mehmoniga aylandingiz,chunki mehmonning quyosh kabi
qadrlanishi Sizga ayon edi;
... Siz ishqim nolasini ilk bor she'r qilib kuyladingiz,chunki mening she'riyatga qanchalik mahliyo ekanligimni su'zsiz bilardingiz;
... Mening sizga bu'lgan muhabbatim cheksiz, ularni sezish esa, faqat yurak uchun hosdir...
Noyabr 2001, Andijon
Yuqoriga qaytish

|
|